Avvalari tibbiyot xodimlari qon quyish yoki organlarni ko'chirib o'tkazishda qon guruhlarining mos kelishiga e'tibor qaratishardi. Misol uchun, qoni tarkibida agglyutinogenlar (A va V oqsillar) yo'qligi sababli birinchi qon guruhiga mansub donorlar universal hisoblanardi. O'z navbatida to'rtinchi qon guruhiga mansub odamlarga har qanday donorning qoni quyilishi yoki organlari ko'chirib o'tkazilishi mumkin.

Kanadalik olimlar ko'chirib o'tkaziladigan organlar qon guruhini birinchisiga o'zgartirishga muvaffaq bo'lishdi. Buning uchun mutaxassislar ularni N-atsetil-alfa-D-galaktozami-deatsetilaz (FpGalNAc-deacetylase) fermentlari vositasida maxsus antigenlardan tozalashdi. Tadqiqot avvalida bu usul aorta to'qimalarida qo'llab ko'rildi. Keyin o'pka A guruhiga mansub oqsillardan tozalandi.

Fermentlarning agglyutinogenlarni tozalashi uchun taxminan to'rt soat vaqt talab etildi, xolos. Shundan so'ng olimlar birinchi qon guruhiga mansub odamlarning plazma antitelalarining reaksiyasi tekshirib ko'rilganida bu usul samarali ekani ma'lum bo'ldi, deya xabar beradi lenta.ru.