Kanadalik professor ovuldagi maktabda boʻldi

    Ta'lim 13 Aprel 2021 871

    Nukus tumanidagi “Humo qushi” ovulidagi 32-umumtaʼlim maktabi “Qizil maktab” roʻyxatiga tushgan.

    Ushbu maktabning oʻqituvchi va oʻquvchilariga huquqiy-amaliy yordam berish, maktab salohiyatini oshirish uchun, oʻquv muassasasida Nukus tuman prokuraturasi, Xalq taʼlimi vazirligi hamda tuman xalq taʼlimi boʻlimi bilan hamkorlikda “Metodik-tur” loyihasi tashkil etildi.

    Loyiha tadbirlarida Nukus shahar “Prezident maktabi” oʻqituvchisi Kanadalik professor Devid Keffer va IT-Zentr vakillari ishtirok qilib, maktab oʻqituvchilariga zamonaviy pedagogik metodlar asosida dars oʻtish va oʻquvchilar bilan ishlashning yangicha usullari haqida amaliy maʼlumotlar taqdim etdilar.

    Loyiha tuman 2-sektor rahbari tomonidan tashkilotchilar taqdirlandi.