O'zbekiston Respublikasi Innovatsion sog'liqni saqlash Milliy palatasi hamda Kanada shifokorlar va jarrohlar Qirollik kolleji vakillari (Royal College of Physicians and Surgeons of Canada) hamkorligida tashkil etilgan onlayn vebinarda, koronavirus infektsiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolash xususiyatlari muhokama etildi.
Onlayn muloqotda, Ottava universiteti tibbiyot professori, Kanada shifokorlar va jarrohlar Qirollik kollejining katta o'qituvchisi, Per Kardinal ishtirok etdi.
Milliy palata tomonidan tashkil etilgan onlayn vebinarda, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining jarrohlik va anesteziologiya bo'limi boshlig'i Ivan Fokin, neyroxirurg va Respublika neyroxirurgiya ilmiy markazining innovatsiyalar bo'limi boshlig'i Ravshan Yo'ldoshev va respublikamiz yirik klinikalarining 50 dan ziyod tibbiyot sohasi vakillari, anestezistlar va reanimatologlar, epidemiologlar, yuqumli kasalliklar bo'yicha mutaxassislar, terapevtlar ishtirok etdi.
Muloqot Per Kardinalning taqdimoti bilan boshlandi.
Kanadaning etakchi mutaxassisi reanimatsiya va intensiv terapiya bo'limida (RITB) COVID-19 bilan og'rigan bemorlarni davolash bo'yicha o'z tajribasi bilan o'rtoqlashdi.
Per Kardinal pandemiya kasalligi bilan bog'liq pnevmoniyaning shu kungacha aniqlanmagan ikkita asosiy fenotiplari - "L" va "H" turlari xosligini alohida ta'kidlab o'tdi. Bundan tashqari, har bir fenotip uchun gipoksemiyaning o'ziga xos patofiziologiyasi, ya'ni qondagi kislorod etishmovchiligi darajasi mavjudligi ham qayd etdi.
"Men hozirgacha COVID-19 kabi pnevmoniyani ko'rmadim", - dedi professor. “Xususiyatlardan biri shundaki, gipoksemiyaning etarlicha kuchli ko'rsatkichlari bilan, ba'zi bemorlar o'z-o'zidan nafas olishlari va o'zlarini yaxshi his qilishlari mumkin. Bu "L" fenotipi sifatida tavsiflanadi. Ikkinchi fenotipga kelsak, bunda bemorlarda qattiq nafas qisilishi kuzatiladi”.
Kardinal kasallikning turli bosqichlarida bemorlarni nazorat qilish xususiyatlari haqida ham so'zlab berdi.
Onlayn muloqot chog'ida shifokorlar bir qancha savollarni muhokama qildilar.
SHuni alohida ta'kidlash joizki, tadbirning asosiy ma'ruzachisi Per Kardinal CRI - Intensiv parvarish bo'yicha ta'lim tarmog'ining asoschisidir, uning maqsadi tibbiy xizmat sifati va bemorlarning xavfsizligini ta'lim faoliyati orqali yaxshilashga qaratilgan.
2018 yilda doktor P. Kardinal Kanadada intensiv terapiya sohasidagi mukammallik uchun “Frank S. Rutledge” mukofotiga sazovor bo'lgan. U, shuningdek, 2019 yilda Ottava Universitetining Tibbiyot bo'limida "Rezident tanlovi - Klinik o'qituvchilar mukofoti" (Resident Choice -Clinical Teaching Award) ni ham qo'lga kiitgan.