Kanadaning startapi koinotga magnitometrni olib chiqishga hozirlik ko'rmoqda

    Kanadaning SBQuantum kvant startapi mutaxassislari ilk bor koinotga nuqsonli olmoslar asosidagi kvant magnitometrlarini yuboradi.

    Ushbu asboblar 2025-yil o'rtalarida MagQuest loyihasi doirasida koinotdan Yerning magnit maydonini iloji boricha aniqroq o'lchash va o'rganishga yordam beradi.

    MagQuest doirasida jahonning yetakchi ilmiy tashkilotlari va yuqori texnologiyali startaplarga jahon magnit modelini yaxshilaydigan magnit maydon sensorlarining yangi turlarini ishlab chiqish taklif qilindi. Eng muvaffaqiyatli asboblar tadqiqot sun'iy yo'ldoshi bortida koinotga yuboriladi. Tanlovning uchta g'oliblaridan biri kanadalik mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan nuqsonli olmoslar asosidagi kvant magnitometrlari bo'ldi.

    Yerda o'tkazilgan dastlabki tajribalar olmos kvant sensorlari jahon magnit modelinini takomillashtirishda foydalanilgan tizimlarga qaraganda o'n baravar barqarorroq ekanini ko'rsatdi, deb xabar beradi tass.ru.

    Ushbu hisoblagichlar koinotga birinchi bor 2025-yil o'rtalarida uchiriladi. Fiziklarning umid qilishicha, olingan ma'lumotlar fuqarolik navigatsiya tizimlarining sifatini sezilarli darajada yaxshilashga yordam beradi.