"Kanal boʻyi"ga suv keldi

    Ijtimoiy hayot 20 Oktabr 2020 1351

    Soʻnggi yillarda respublikamizda aholi turmush sharoitini yaxshilash borasidagi ishlar koʻlami kengaydi. Jumladan, Ulugʻnor tumanida olib borilgan xayrli ishlar natijasida aholining ichimlik suvi bilan taʼminlanganlik darajasi 88 foizga yetdi.

    — Quvonarlisi, eng chekka hududlarga ham suv quvurlari tortilmoqda, — deydi “Andijon viloyat suv taʼminoti” MCHJ Ulugʻnor tumani filiali rahbari Shavkatbek Xolmirzayev. — Jumladan, “Fazogir” MFYga qarashli “Kanal boʻyi” koʻchasida istiqomat qiluvchi aholining suvga boʻlgan talabi 30 yil deganda ilk bor qondirildi. Buning uchun 2,5 km masofada yangi suv quvurini tortish va bitta suv qudugʻini taʼmirlash ishlari amalga oshirildi. Bungacha aholi 1,5 km masofadan suv tashib ichishiga yoki maxsus transport vositalari orqali suv yetkazib berilishiga toʻgʻri kelgan.

    Shuningdek, tumanda joriy yilning oʻzida 12 km masofada suv quvuri tortildi. 2 dona suv qudugʻi taʼmirlanib, 2 ta yangi quduq oʻrnatilishi natijasida yana yuzlab aholining toza ichimlik suviga boʻlgan ehtiyoji qondirildi.

    Ziyo SIROJ,

    jurnalist