Maʼlumotlarga koʻra, chuqurligi 3 metr, diametr 1 metr boʻlgan quduqning suv oʻtish yoʻliga tiqilib qolgan chiqindilarni tozalash maqsadida, 1 nafar ishchi tushgan va suv koʻpayib ketib, suv yutishi natijasida tobi qochgan hamda chiqa olmay qolgan. Shundan soʻng, uning sherigi yordam berish maqsadida tushib, u ham qolib ketgan.
Kanalizatsiya qudugʻiga tushib, qolib ketgan fuqarolar FVB qutqaruvchilari tomonidan qutqarib olindi.
Ularga malakali tibbiy yordam koʻrsatish koʻrsatish maqsadida shifoxonaga olib borilgan.
Hozirda ular shifokorlar nazoratida.