Angliya, Shvetsariya, AQSH, Germaniya, Fransiya, Belgiya, Ispaniya, Portugaliya, Sloveniya, Makedoniya, Lyuksemburg va Turkiyadan 22 xil figurali sharlar namoyish parvozlarini amalga oshirdi. “Muzqaymoq”, “O‘rdak”, “Obeliks”, “Sakkizoyoq”, “Fazo kemasi” va “Turk bayrog'i” kabi san'atshunoslar tomonidan maxsus shakl va tus berigan turli ko'rinishdagi havo sharlari mahalliy va xorijiy sayyohlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

"Kapadokiya havo sharlari va Madaniyat yo'li festivali" doirasida o'tkazilgan xalqaro tadbirda erta tongdan boshlangan tayyorgarliklar ortidan sharlar birin-ketin osmonga ko'tarildi. Tajribali uchuvchilar Kappadokiya osmonida festival uchun turli rang va namunalarda yaratilgan noyob havo sharlarini mahorat bilan boshqargan bo‘lsa, dunyoda yagona bo‘lgan “peri mo'rilari”ning mistik manzaralarida sharlarning raqsi tomoshabinlarni hayratga soldi.

Turkiya “Madaniyat yo'li” festivallari bu yil 11 shaharda namoyish etiladi

Turkiya Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan 2021-yildan beri uyushtirilib kelinayotgan Turkiya Madaniyat yoʻnalishi festivallari 5-avgust kuni Kapadokiyada boshlandi. Dunyoning eng qamrovli madaniyat va san’at loyihalaridan biri sifatida tashkil etilgan Turk madaniyati yo’li festivallari bu yil 11 viloyatda o’tkaziladi. 5-13 avgust kunlari o'tkaziladigan “Kapadokiya havo shari va Madaniyat yo'li” festivali ortidan Turkiyaning Trabzon, Erzurum, Chanakkale, Gaziantep, Anqara, Konya, Istanbul, Diyarbakir, Izmir va Antaliya viloyatlarida festivallar navbat bilan bo'lib o'tadi.

Turkiya Madaniyat yo'li festivallari dasturi:

Kapadokiya havo shari va Madaniyat yo'nalishi festivali - Nevshehir, 2023 yil 05-13 avgust

Sumela Madaniyat yo'nalishi festivali - Trabzon, 2023 yil 19-27 avgust

Palando'ken Madaniyat yo'nalishi festivali - Erzurum, 2023 yil 19-27 avgust

Troya Madaniyat yo'nalishi festivali - Chanakkale 09-17 sentyabr 2023 yil

Gastroantep Madaniyat yo'nalishi festivali - Gaziantep 2023 yil 16-24 sentyabr

Bashkent Madaniyat yo'nalishi festivali - Anqara 16 sentyabr – 01 oktyabr 2023 yil

Konya tasavvufiy musiqa festivali – Konya 2023 yil 23-30 sentyabr

Beyog'lu Madaniyat yo'nalishi festivali - Istanbul, 30 sentyabr - 15 oktyabr 2023 yil

Sur Madaniyat yo’nalishi festivali - Diyarbakir, 2023 yil 14-22 oktyabr

Efes Madaniyat yo’nalishi festivali - Izmir, 2023 yil 28 oktyabr - 05 noyabr

Antaliya Madaniyat yo’nalishi festivali – Antaliya 2023 yil 4-12 noyabr