Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) O‘zbekiston milliy jamoasining sobiq bosh murabbiyi Temur Kapadzeni milliy jamoalar bilan ishlaydigan eng yaxshi murabbiylar reytingidan joy olgan mutaxassislardan biri sifatida e’tirof etdi.
IFFHS reytingiga ko‘ra, Temur Kapadze 10 ball to‘plab, Kolumbiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Nestor Lorenzo bilan birgalikda 8-o‘rinni egalladi.
Reytingning birinchi pog‘onasidan Ispaniya milliy jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente o‘rin oldi.
Ma’lumot uchun, ayni vaqtda Kapadze Namanganning «Navbahor» jamoasi bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib bormoqda.