Karantin davrida adliya organlari xalqning eng yaqin ko'makchisiga aylandi

    Ijtimoiy hayot 3 Iyun 2020 1834

    Koronavirus pandemiyasi munosabati bilan joriy etilgan karantin davrida adliya organlari qonunchilik mazmun-mohiyati, Respublika Maxsus komissiyasining qarorlari va karantin tartib-qoidalari targ'ibotini onlayn tarzda, keng ko'lamda amalga oshirmoqdalar.

    Targ'ibotda ijtimoiy tarmoqlar imkoniyatlaridan keng foydalanilmoqda. Qonunlar va karantin tartib-qoidalari xalqchil tilda, sodda qilib televidenie, radio, respublika va mahalliy saytlarda tahliliy maqolalar, fuqarolardan ijtimoiy tarmoqlardagi guruhlar va muloqot chatlari orqali kelib tushgan savollarga onlayn javoblar, videoroliklar va matnlar orqali tushuntirilmoqda.

    Xususan, Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan koronavirus infektsiyasi tarqalishining oldini olish va ushbu holatning salbiy ta'sirlarini yumshatish bo'yicha dunyo mamlakatlarida ko'rilayotgan choralar, karantin sharoitida qonun hujjatlarida belgilangan normalar hamda karantin qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik masalalari yuzasidan 120 dan ortiq tahliliy maqolalar tayyorlandi. Mazkur maqolalardan 30 dan oshig'i "Inson va qonun" gazetasining "hudud24.uz", YAngi O'zbekiston gazetasining " yuz.uz" hamda O'zbekiston Axborot agentligining "UzA.uz" saytlari va telegram kanallarida e'lon qilindi.

    Respublika Maxsus komissiyasi qarori yuzasidan mahalliy televidenie orqali brifing

    Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati va mas'ul xodimlari tomonidan mahalliy tele- va radiokanallar orqali qayd etilgan masalalar yuzasidan 10 marotaba "Onlayn brifing", 35 marotaba interv`yu-suhbatlar, reportajlar tashkil qilindi. Karantin tartib-qoidalariga rioya etish yuzasidan onlayn savol-javoblar bo'yicha 132 ta videoroliklar tayyorlandi. “O'zbekiston 24” telekanalida Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasining karantin sharoitida olib borayotgan faoliyatiga doir tayyorlangan 10 daqiqali reportaj, Davlat notarial idoralari tugatilib, xususiy amaliyot bilan shug'ullanuvchi notariuslar va Respublika Notarial palatasining Sirdaryo viloyat bo'limi ishga tushganligi, karantin davrida notarial idoralarda xizmat ko'rsatishda xavfsizlik choralari haqida 10 daqiqalik reportajlar, Sardoba suv ombori toshqinida ofatdan zarar ko'rganlarning Sirdaryo viloyat yuridik kolleji binosiga evakuatsiya qilingani, bu erda ularga ko'rsatilgan huquqiy xizmatlar to'g'risida 5 daqiqali ko'rsatuv efirga uzatildi.

    Xususiy notariuslar faoliyati haqida reportaj

    Mazkur ko'rsatuv va interv`yular efirdan yozib olinib tuman-shahar adliya bo'limlari tomonidan tayyorlangan videoroliklar qatori “Telegram” ijtimoiy tarmog'idagi “Sirdaryo Xabarlari”, “Sirdaryo 24” hamda “Huquqiy targ'ibot va ma'rifat” kanallariga hamda viloyat adliya boshqarmasining “Facebook” ijtimoiy tarmog'idagi sahifasi va “Huquq maslahatchisi” guruhiga joylashtirildi.

    Koronavirus pandemiyasi sababli viloyatda gazetalar vaqtinchalik elektron formatga o'tganligi sababli, hududda faoliyat ko'rsatayotgan “Sirdaryo Xabarlari”, “Sirdaryo 24” telegramm kanallarida boshqarma rahbariyati, mas'ul xodimlari hamda tuman (shahar) adliya bo'limlari boshliqlari tomonidan tayyorlangan
    32 ta maqola e'lon qilindi.

    "YAngi O'zbekiston" saytida e'lon qilingan maqola

    Mazkur maqolalar, shuningdek viloyat adliya boshqarmasining “Facebook” ijtimoiy tarmog'idagi sahifasi hamda “Huquq maslahatchisi” guruhiga hamda tuman (shahar) adliya bo'limlarining sahifalariga joylashtirildi.

    Bundan tashqari, viloyat adliya boshqarmasi tomonidan “Uyda qoling!” ruknida 10 ga yaqin flaerlar tayyorlanib, elektron nusxalari “Telegram” ijtimoiy tarmog'idagi “Sirdaryo Xabarlari”, “Sirdaryo 24” hamda “Huquqiy targ'ibot va ma'rifat” kanallariga, Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasining “Facebook” ijtimoiy tarmog'idagi sahifasi, “Huquq maslahatchisi” guruhi hamda tuman (shahar) adliya bo'limlarining sahifalariga joylashtirildi.

    SHu bilan birgalikda tuman-shahar adliya bo'limlari joylarda tashkil etgan "Telegram" ijtimoiy tarmog'idagi muloqot guruhlarida aholi bilan muloqotni yo'lga qo'yilgan bo'lib, ushbu guruhlar hamda adliya boshqarmasining "Huquqiuytargibot Sirdaryo" muloqot guruhi, shuningdek, "Facebook" ijtimoiy tarmog'idagi "Huquq maslahatchisi" guruhi orqali fuqarolardan savollar va murojaatlar qabul qilinmoqda.

    Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi

    Ushbu murojaatlar, asosan, qonunchilik mazmun-mohiyati yuzasidan, inson huquqlari, Mehnat kodeksi, ish haqlarini undirish, shartnoma shartlarining asossiz buzilishi, kredit ajratish, hujjatlarni tiklash, shuningdek, karantin sharoitida ishga joylashtirish, moddiy ko'mak (oziq-ovqat mahsulotlari) to'g'risida bo'lib, huquqshunoslar tomonidan ularga huquqiy ko'mak berildi, 100 ga yaqin fuqarolar joylarda mahallalar bilan hamkorlikda haq to'lanadigan jamoat ishlariga jalb qilindi. Adliya aralashuvi bilan kredit ajratish bo'yicha asossiz cho'zib kelinayotgan murojaatlar ijobiy echimini topdi.

    -Jami 750 mln so'mdan ziyod ish haqi fuqarolarga undirib berildi. Umuman, yil boshidan buyon 3 mlrd 784 mln so'mdan ziyod mablag' kiritilgan taqdimnomalarga asosan jismoniy va yuridik shaxslarga qaytarilgan, - deydi boshqarma Tashkiliy-nazorat va tahlil bo'limi boshlig'i Baxtiyor Hojimurodov.

    Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i J.Nuritdinov Oqoltin tumanida ofatdan zarar ko'rgan fuqarolar bilan muloqot qilmoqda.

    Karantin davrida Sirdaryoda yana bitta fojea ro'y berdi. Joriy yilning 1 may kuni Sardoba suv ombori toshqini ro'y berdi. Ofat tufayli hujjatlarini yo'qotgan, huquqiy ko'makka muhtoj 3000 nafardan ziyod fuqarolarga Adliya boshqarmasi va tuman-shahar adliya bo'limlari mas'ul xodimlari Ishchi guruhlar tarkibida hududlarda huquqiy maslahatlar tashkil qildilar va hujjatlarini tiklash ishlarida amaliy yordam ko'rsatmoqdalar.

    Adliya organlari xalqqa eng yaqin, faoliyatini shaffof olib borayotgan organ ekanligi amalda yana bir bora isbotini topmoqda.

    Zebo Haydarova,

    Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy

    targ'ibot va ma'rifat bo'limi boshlig'i