Armanistonda COVID-19 epidemiyasi tufayli favqulodda va o'zini-o'zi izolyatsiya qilish holati joriy qilingan bo'lsa-da, general-mayor o'g'lining to'yida yuzdan ortiq mehmonlar ishtirok etganligi to'g'risida mahalliy ommaviy axborot vositalari xabar berdi.
Davtyandan tashqari, Milliy xavfsizlik xizmati rahbari eduard Martirosyan va politsiya boshlig'i Arman Sarkisyan ham o'z lavozimlarini tark etdi.
"Men general-leytenant Artak Davtyanga, polkovnik eduard Martirosyan, polkovnik Arman Sarkisyanga qilgan xizmatlari va sa'y-harakatlar uchun o'z minnatdorchiligimni bildiraman", deb yozdi Pashinyan o'zining Fasebookdagi sahifasida.
Pashinyan general-leytenant Onik Gasparyanni Bosh shtabning yangi rahbari, polkovnik Argishti Karamyanni Milliy Xavfsizlik Xizmati va Vage Kazaryanni politsiya boshlig'i etib tayinlashni taklif qildi. Bu taklif Prezident tegishli qarorlarni imzolagandan keyin kuchga kiradi.
7-may kuni "Graparak" gazetasi cherkovda bo'lib o'tgan nikoh marosimidan so'ng Davtyan dala hovlisida ziyofat uyushtirilganligini xabar qildi. Nashrga ko'ra, Armanistonda ommaviy yig'ilishlar taqiqlanganiga qaramay, to'yga yuzdan ortiq mehmonlar tashrif buyurgan.
Aysor nashrida berilgan ma'lumotga ko'ra, tantana bo'layotgan uyga politsiyachilar kelgan. “Politsiya xodimlari kelishdi, yig'ilganlar ogohlantirildi va tegishli protokol tuzildi. Tadbir to'xtatildi", dedi Milliy politsiya jamoatchilik bilan aloqalar va axborot boshqarmasi boshlig'i Ashot Agaronyan.
Davtyanning o'zi ommaviy axborot vositalarida shu haqdagi xabarlar paydo bo'lgandan so'ng, "Har kimning shaxsiy hayotda o'z haq-huquqi bor", deb aytdi. "Men barcha odamlarni va ommaviy axborot vositalarini shaxsiy hayotimga va oilamga daxl qilmaslikka chaqiraman", deb yozdi u Fasebookdagi sahifasida.