Respublika miqyosida davlat mulkini ijaraga olib ishlatayotgan jami 13898 nafar tadbirkorni bir erga jamlash, ularning muammolarini eshitish va ijobiy hal etish maqsadida Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo'yicha 14 ta hududda telegram kanalda guruhlar tashkil etildi.

SHunda aniqlandiki, umumiy ovqatlanish, o'quv markazlari, jismoniy tarbiya, sport, turizm va boshqa sohalarda davlat mulkini ijaraga olib ishlatayotgan 3821 ta tadbirkorning faoliyati to'xtatildi. Agentlik tomonidan o'zbek va rus tillarida onlayn arizalar tashkil etilib, tadbirkorlar bilan 29,6 mlrd. so'm miqdorida tuzilgan ijara shartnomasi bekor qilinmasligi va ijara pullari olinmasligi huquqiy asosga keltirildi.

SHundan so'ng, bosqichma-bosqich pandemiya xavfining ortishi va karantin talablarining kuchaytirilishi natijasida boshqa tadbirkorlar uchun ham davlat tomonidan yaratilgan imkoniyat qo'llanildi. 1 iyun holatiga ko'ra 11266 nafar tadbirkor davlat mulki ob'ektini ishlatmayotgan davri uchun ijara to'lamayapti. Bu davlatga to'lanishi mumkin bo'lgan 92.6 mlrd. so'm pul ularning qo'llarida qolmoqda degani.   

Bugungi kunda agentlikda 1082 qisqa raqami va @Davaktivuz_bot telegram kanali ishlab turibdi. Tadbirkorlar o'zlarini qiziqtirgan savollariga masofaviy shaklda javoblar olishlari mumkin bo'ladi.