Karantin tartib va cheklovlariga qoʻshimchalar kiritildi

    Xavfsizlik 25 Iyun 2021 1235

    Soʻnggi kunlarda mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari ortib borayotganligini inobatga olib, Sogʻliqni saqlash vazirligining taklifiga binoan, bugungi kunga qadar Respublika maxsus komissiyasining qarorlari bilan joriy etilgan tartib va cheklovlarga qoʻshimchalar kiritildi:

    joriy yilning 28-iyunidan 12-iyuliga qadar Toshkent shahriga qoʻshni viloyatlardan avtotransport (avtobus, avtomobil) vositalari orqali oʻta zarurat boʻlmagan hollarda kirish boʻyicha cheklovlar oʻrnatildi;

    xavf osti guruhiga mansub aholi qatlamlari bilan birgalikda Toshkent shahri aholisining 18 yoshdan katta boʻlgan barcha qatlamini oʻzlari biriktirilgan oilaviy poliklinikalarda koronavirus infeksiyasiga qarshi Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan ihtiyoriy tarzda ommaviy emlanishi belgilandi;

    joriy yilning 28-iyunidan boshlab respublika boʻylab koʻngilochar obyektlar – restoran, tungi klublar, diskoteka, karaoke, bilyard zallari va kompyuter oʻyinlari markazlari hamda umumiy ovqatlanish obyektlari – kafe, oshxona, choyxonalarni ishlashiga soat 8:00 dan 20:00 gacha ruxsat beriladi;

    koʻngilochar va umumiy ovqatlanish obyektlarida tashrif buyuruvchilarga ushbu muassasalarning umumiy sigʻimining 50 foizidan qatʼiy oshirmagan holda xizmat koʻrsatish belgilandi.