Koronavirusga qarshi kurashish boʻyicha maxsus shtab aʼzosi Habibullo Oqilovning TVga bergan intervyusiga asoslanib aytish mumkinki, bugungi kunda sogʻliqni saqlash tizimidagi ahvol ancha yaxshi. Uning aytishicha, agar mamlakatda karantin yumshatilib, kasallar soni ortadigan boʻlsa ham, sogʻliqni saqlash tizimi va mahalliy hokimiyatlarimiz bunday holatga tayyor.

Shuningdek, uning qoʻshimcha qilishicha, hozirda ortiqcha vahimaga hech qanday oʻrin yoʻq va kerakli asbob-uskunalar mavjud. Vaziyat ancha jilovlangan, shifokorlarimiz tayyor — deydi Oqilov.