Kareliyada to'g'on buzildi

    Qutqaruvchilar Kareliyada (Rossiya Federatsiyasi) Belomoro-Baltiyskiy kanalining o'tish joyi oralig'idagi vaqtinchalik to'siqning yuvib ketilishi oqibatida halok bo'lgan ayolning jasadini topishdi.

    Avvalroq erkakning jasadi topilgan edi, deb xabar berdi TASS agentligiga Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining mintaqa bo'yicha matbuot xizmati.

    “Kochkoma qishlog'i hududidan bir ayolning jasadi suvdan topildi, mutaxassislar marhumni qirg'oqqa yetkazmoqda”, dedi agentlik suhbatdoshi.

    Avvalroq Favqulodda vaziyatlar vazirligi xuddi shu hududda, voqea joyidan 11 kilometr uzoqlikda erkakning jasadi topilgani haqida xabar bergan edi. Voqeadan so'ng bedarak yo'qolgan yana bir shaxsni qidirish davom etmoqda, deb xabar beradi tass.ru.