Karib dengizidagi orol suv ostiga ketmoqda, uning aholisi ko'chishga tayyorgarlik ko'rmoqda

    Panama qirg'oqlari yaqinida Karib dengizidagi 1200 nafar aholiga ega Gardi Sugdub oroli asta-sekin dengizga cho'kmoqda. Suv toshqini tufayli mahalliy aholi materikka ko'chib o'tishga majbur.

    Panamada – Karib dengizi sohilidagi mittigina orolda 300 ga yaqin oila keskin o'zgarishlarga tayyorgarlik ko'rish uchun o'z narsalarini yig'ishtirmoqda.

    Gardi Sugdubda, asosan 200 yil oldin orolda qo'nim topgan kuna (yoki guna) hindu xalqi istiqomat qiladi.

    Gardi Sugdub – Guna Yala arxipelagidagi aholi yashaydigan 50 ta orollardan biri. Uning uzunligi atigi 400 yard (366 metr) va kengligi 150 yardni (137 metr) tashkil qiladi. Har yili, ayniqsa, noyabr va dekabr oylarida kuchli shamol tufayli to'lqin ko'tarilsa, ko'chalarni suv bosib, uylargacha kirib boradi.

    Iqlim o'zgarishi nafaqat dengiz sathining ko'tarilishiga olib keladi, balki okeanlarni isitadi va shu bilan kuchli bo'ronlarni keltirib chiqaradi, deb xabar beradi tsn.ua.

    Smitson institutining Panamadagi jismoniy monitoring dasturi direktori Stiven Patonning aytishicha, mazkur holat bevosita iqlim o'zgarishi, dengiz sathining ko'tarilishi natijasidir.

    Panamaning hisob-kitoblariga ko'ra, dengiz sathining ko'tarilishi bilan duch keladigan 38 mingga yaqin aholini boshqa joyga ko'chirish qisqa va o'rta muddatda taxminan 1,2 milliard dollarga tushadi.