Karim Benzema Olmaliq jamoasi bilan bo'lajak bahs oldidan: "Biz qiyin o'yinga tayyorgarlik ko'ryapmiz"

    Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichi, 1-tur doirasida OKMK Jiddada Saudiya Arabistonining “Al Ittihod” jamoasi mehmoni bo'ladi.

    Karim Benzema mazkur bahs oldidan bergan interv`yusida OCHL turniri va OKMK jamoasi haqida fikr bildirdi: "OChL juda muhim turnir. Biz qiyin o'yinga tayyorgarlik ko'ryapmiz. Jamoa tayyor. Zavqdan boshimiz ko'kda. Bor kuchimizni ishga solib, g'alaba qozonishga intilamiz.

    Biz uyushqoq jamoamiz va har doim o'z o'yinimizni yaxshilashga intilamiz. Aynan shu narsa bizning asosiy maqsadimiz.

    Futbol falsafasi butun dunyoda har xil, ammo mening rolim o'zgarishsiz qoladi: gol urib yoki assist berib, jamoa g'alabasiga hissa qo'shish.

    Bugungi kunda jamoaning rivojlanishiga qo'shayotgan hissamdan faxrlanaman.

    Men ishimni bajarish davomida bor kuch va e'tiborimni maksimal darajada harakat qilishga intilaman. Bu sovrinlarni qo'lga kiritish men uchun eng muhim vazifa".