O'zbekistonning “Paxtakor”, “Nasaf”, “Navbahor” va AGMK futbol klublari OChLning 2023/2024-yilgi mavsumi guruh bosqichidagi raqiblari nomini bilib oldi. AGMK tarkibiga Karim Benzemani qo'shib olgan “Al-Ittihod” bilan, “Navbahor” esa Neymar bilan shartnoma tuzgan “Al-Hilol” bilan o'ynaydigan bo'ldi, deb xabar beradi sport-platforma.uz.

Guruh bosqichi uchrashuvlari quyidagi sanalarda bo'lib o'tadi:

1-tur. 18 − 20 sentabr;

2-tur. 2 − 4 oktabr;

3-tur. 23 − 25 oktabr;

4-tur. 6 − 8 noyabr;

5-tur. 27 − 29 noyabr.