“Karkidon” suv omboridagi juda katta salohiyat ishga solinmayotgani qayd etildi

    Master reja qilib, suv ombori atrofidagi 250 gektarda ekoturizm majmuasini, 100 dan ziyod dam olish, savdo-servis va koʻngilochar maskanlar, zamonaviy mehmonxona barpo etish loyihasini ishlab chiqish topshirildi.

    Suv ombori atrofida oʻzlashtirilmagan 1,6 ming gektar adirga investitsiya kiritib, gilos, shaftoli, bodom, oʻrik bogʻlarini yaratish mumkin.

    Shuningdek, Katta Dehqonobod mahallasida bir necha yildan beri boʻsh turgan, unumsiz 73 gektarda intensiv baliqchilik suv havzalarini tashkil qilsa boʻladi.