Karmana tumani hokimi, prokurori, departament boshlig'i, ichki ishlar, elektr tarmoqlari rahbarlari o'n oyda hududda shuncha elektrdan o'g'irlikni payqamagani, tumanda oylik iste'mol birdaniga 5 foizga oshganini tahlil qilmagani tanqid qilindi.

Ushbu rahbarlarning barchasi ishdan olinishi belgilandi, Bosh prokuraturaga ularning harakatiga baho berib, qonun ustuvorligini ta'minlash topshirildi.

Mutasaddilarga o'g'irliklar eng yuqori bo'lgan hududlarda noqonuniy iste'molga sabab bo'layotgan omillarni aniqlab, ularni bartaraf qilish bo'yicha tizim yaratish vazifasi qo'yildi.