Karonavirus sabab SHHT sammiti qoldirilishi mumkin

    Xalqaro hamkorlik 27 May 2020 2136

    SHanxay Hamkorlik Tashkilotining navbatdagi sammiti o'tkaziladigan bo'ldi. Ammo o'z vaqtida emas, kuz oyiga qoldirilishi mumkin, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

    Sammit joriy yilning 22-23 iyul` kunlari Sankt-Peterburg shahrida o'tishi kerak edi.

    Manbaaning qayd etishicha, sammitning bu muddatda o'tkazilishi ishtirokchi davlatlardagi epidemiologik vaziyatga bog'liq bo'lgan. YA'ni, barcha davlatlarda vaziyat mo''tadil bo'lishi kutilgan edi.

    Ta'kidlanishicha, “batafsil fikr almashish” zarurligini inobatga olib, sammitni videokonferentsiya shaklida o'tkazish tashabbusi qo'llab-quvvatlanmagan.