Avvalroq shu yilning 2-iyul sanasidan boshlab toʻlov tizimlari, elektron pullar tizimlari va toʻlov tashkilotlari faoliyati ustidan nazorat kuchaytirilishi haqida xabar berilgandi.
Markaziy bank kartadan kartaga pul oʻtkazish boʻyicha 1-iyuldan kuchga kiradigan talablar mijozlarga qoʻshimcha qiyinchiliklarni keltirib chiqarmasligini maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, ichki elektron pul oʻtkazmalari yuzasidan maʼlumotlarga qoʻyiladigan talablar boʻyicha, Ichki nazorat qoidalarining 312 – bandiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining 30 barobariga teng yoki undan oshgan summadagi yuborilayotgan ichki elektron pul oʻtkazmalari boʻyicha maʼlumotlarni joʻnatuvchining identifikatsion maʼlumotlari bilan birga yuborilishini taʼminlashlari kerakligi belgilanmoqda.
Shuni alohida taʼkidlash lozimki, ushbu band talablari mijozlarga qoʻshimcha qiyinchiliklarni keltirib chiqarmaydi, sababi ushbu talab toʻlov tashkilotlari va banklar oʻrtasida maʼlumot almashinuvi boʻyicha majburiyatlarga taalluqli boʻlib, mijoz tomonidan akkaunt ochilishida olingan, yaʼni mavjud identifikatsion maʼlumotlarni bazaviy hisoblash miqdorining 30 barobariga teng yoki undan oshgan summadagi yuborilayotgan ichki elektron pul oʻtkazmalarida oʻtkazma bilan birga yuborilishini taʼminlashlari lozimligini anglatadi.