Oziq-ovqat tanlashning inson salomatligiga taʼsirini oʼrganish 11 yil davomida - 2003 yildan 2014 yilgacha oʼtkazilgan. Unda 21,5 mingga yaqin koʼngilli ishtirok etdi. Ishtirokchilar ikki guruhga boʼlingan: tabiiy oziq-ovqatlarni isteʼmol qilganlar (don, meva va sut mahsulotlari) va kartoshka chipslari kabi kraxmalli yengil ovqatlarni yeganlar.
Journal of the American Heart Association jurnalida chop etilgan tadqiqotga koʼra, ikkinchi guruhda yurak-qon tomir kasalliklaridan oʼlish xavfi 57 foizga yuqori boʼlgan. Sogʼlom oziqlarni tanlagan ishtirokchilar nafaqat yurak-qon tomir kasalliklari, balki saraton kasalligi xavfini kamaytirdilar.
Tadqiqotning yetakchi muallifi, Harbin tibbiyot universiteti professori Ying Lining taʼkidlashicha, nafaqat oziq-ovqat turini, balki isteʼmol qilinadigan vaqtni ham hisobga olish kerak. Shunday qilib, asosiy ovqatdan soʼng darhol kraxmalli gazaklarni isteʼmol qiladiganlarda yurak bilan bogʼliq muammolar xavfi koʼproq. «Agar tushlikda koʼp miqdordagi shakar va yogʼ boʼlsa, unda undan keyin isteʼmol qilingan chipslar qondagi qand miqdorini bir necha soat davomida normal holatga keltirishga imkon bermaydi. Bu yurak va qon tomirlaridagi stressni kuchaytiradi», - dedi Li.