Davlat statistika qoʻmitasining isteʼmol narxlari kuzatuvi maʼlumotlariga koʻra, sentyabr oyida kartoshka narxlari avgust oyiga nisbatan oʻrtacha 7,8 foizga oshgan.

Qizigʻi, kartoshka narxlari sentyabr oyida yil boshidan buyon oʻrtacha 5,3 foizga arzonlashgan.

2021-yilning yanvar-iyul oylarida Oʻzbekiston 13 ta xorijiy davlatlardan qiymati 35,4 million AQSH dollariga teng boʻlgan 310,0 ming tonna kartoshka import qilgan.