Kartoshkaxoʻrlar, ehtiyot boʻling!

    Aksariyat insonlar juda sevib isteʼmol qiladigan kartoshka ham oshqozonga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin ekan.

    Bunga sabab uning ildizmevasi tarkibida zaharli organik birikma — solanin boʻlishi mumkinligida. Oʻsimlikni bakteriya va ayrim hasharotlardan himoya qiladigan solaninning organizmga tushishi oshqozon buzilishi, kuchli qorin ogʻrigʻi va koʻngil aynishiniga qoʻzgʻatishi mumkin.

    “Sogʻliq bilan bogʻliq muammolarning oldini olishda eng yaxshi usul — eski, yashil yoki tugunaklari unib chiqqan kartoshkalarni isteʼmol qilmaslik”, — dedi Monfulleda.

    Nima boʻlganda ham bilib olganimiz yaxshi. Zaharlanib qolishning oldini olish uchun kartoshkani poʻsti bilan birga isteʼmol qilishni cheklagan maʼqul ekan. Bordi-yu, taom taʼmi taxir boʻlsa, uni umuman isteʼmol qilmaslik kerak.