Sana munosabati bilan O'zbekiston ta'lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Olmazor tuman bo'linmasi Kengashi tomonidan soha vakillari ishtirokida tadbir tashkil etildi.
Tadbirda ushbu kasb egalari turli sohalarda mehnat qilayotgan xodimlarga ko'mak berish, mehnat huquqlarini himoya qilish, emin-erkin ishlashlari, sog'lig'ini tiklashlari uchun ham moddiy ham ma'naviy ko'mak berishga tayyor ekanliklarini alohida ta'kidladi.
O'tgan davr mobaynida kasaba uyushmalari tomonidan ishchi-xodimlarni qo'llab-quvvatlash, ularning muammolarini hal qilish borasida amalga oshirilgan ko'plab ijobiy ishlar sarhisob qilindi.
Ta'lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Olmazor tuman bo'linmasi Kengashi Raisi N. Shagazatova so'zga chiqib, O'zbekiston kasaba uyushmalari kunining belgilanishi, eng avvalo, soha xodimlarini ma'naviy qo'llab-quvvatlash, ularning yanada samarali faoliyat yuritishini ta'minlash, rag'batlantirishga xizmat qilishini ta'kidladi.
Shuningdek, tadbirda keyingi yillarda jamiyat hayotida kasaba uyushmalarining o'rni va roli oshib borayotgani, tashkilot tomonidan ishchi-xodimlar huquq va manfaatlarini himoya qilinib, ular uchun munosib mehnat va dam olish sharoitlari yaratilayotgani e'tirof etildi.
Tadbirda sohada ko'p yillar mehnat kilib, o'ziga yuklatilgan vazifalarni sidqidildan bajarib kelayotgan, izlanuvchan, tashabbuskor kasaba uyushmalari tashkilotlarining faollari esdalik sovg'alar hamda faxriy yorliqlar bilan rag'batlantirildi.