Tadbirda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisining o‘rinbosari Q.Qirg‘izaliev, Farg‘ona viloyati hokimi X.Bozorov, viloyat sektor rahbarlari, boshqarma, tashkilotlar, kasaba uyushmalari xodimlari va faollari ishtirok etidi.

Ta’kidlanganidek, o‘tgan davrda kasaba uyushmalari tomonidan ishchi-xodimlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini hal qilish borasida ko‘plab ijobiy ishlar amalga oshirildi. Ayniqsa, so‘ngi yillarda kasaba uyushmalari jamiyatimizning muhim bir bo‘lagiga aylanganini viloyatimiz misolida ko‘rishimiz mumkin.

Bugungi kunda viloyatimizda kasaba uyushmalari tizimida 3,5 mingdan ortiq boshlang‘ich tashkilotlarda 462 mingdan ziyod faollar fidokorona mehnat qilyapti. Ular korxona va tashkilotlarda ishchi-xodimlarning kasbiy, mehnatga oid, ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini himoya qilishda, munosib mehnat sharoitlarini yaratishda faol ishtirok etib kelyapti.

Bayram tadbirida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan e’lon qilingan «Eng yaxshi sektor rahbari», «Eng yaxshi mahalla fuqarolar yig‘ini raisi», «Eng yaxshi ayol ish beruvchi», «Kasaba uyushmalari lauerati mukofoti» va boshqa turli tanlovlarning g‘oliblari diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

Shuningdek, tadbirda 82 nafar kasaba uyushmalari faollari, hamkor tashkilot vakillari O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining «Kasaba uyushmalari kuniga 1 yil» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

A.Otaboev,

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Farg‘ona viloyat Kengashi raisining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi.