Agar kishining tish yoki milki yalligʻlangan boʻlsa, u yerda bakteriyalar mavjud boʻladi. Immunitet tufayligina u boshqa organlarga zarar yetkazolmaydi.

Kasallik oʻz vaqtida davolanmasa, tana bakteriyalar bilan kurashib charchaydi va u qon orqali yurakka ham borishi mumkin. Shu sababli yuzaga kelgan eng keng tarqalgan kasallik bu - endokardit boʻlib, u klapanlar funksiyasiga zarar yetkazishi mumkin.