Davlatimiz rahbari elektr jihozlari chiqarishni yoʻlga qoʻygan “Mono elektrik” korxonasining kasanachilik asosida 250 nafar koʻzi ojizlarni ish bilan taʼminlash rejasini namunali tajriba sifatida qayd etdi.

– Bu – ular uchun ham doimiy daromad manbai, ham jamiyatda oʻz oʻrnini topishga imkon, – dedi Prezident.

Mutasaddilarga bu borada Jizzax tajribasini yoʻlga qoʻyish, shu kabi kasanachilik loyihalarini koʻpaytirish boʻyicha topshiriqlar berildi.