Kasb-hunar maktablariga qabul boshlanadi

    330 ta kasb-hunar maktabiga jami 78 ming 490 ta qabul parametrlari tasdiqlandi.

    Joriy yil 9-sinf bitiruvchilarining hujjatlari kasb.edu.uz elektron platformasi orqali 1iyul kunidan 20 iyul (shu kuni ham) kuniga qadar onlayn qabul qilinadi.

    Platformaga:

    — tug'ilganlik haqidagi guvohnoma yoki ID karta ma'lumotlari;

    — 3x4 hajmidagi fotosurat kiritiladi.

    2022/2023-o'quv yili uchun Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirining buyrug'iga muvofiq 330 ta kasb-hunar maktabiga jami 78 ming 490 ta qabul parametrlari tasdiqlandi.

    Shundan, 75 470 ta o'zbek, 930 ta rus va 2090 ta qoraqalpoq tili guruhlari uchun belgilandi.

    Kasb-hunar maktablarida o'qish to'liq davlat byudjeti hisobidan amalga oshiriladi, deya xabar bermoqda Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi.