Oʻz kichik biznesini yoʻlga qoʻygan Shahlo Jumaboyevaga tuman hokimligi va Yoshlar ishlari agentligi yaqindan yordam koʻrsatib, oʻn dona zamonaviy tikuv mashinalari bilan taʼminlashdi.

Markazda “Ayollar hamda Yoshlar daftari”ga kirgan yuzlab yoshlar bir qator kasblarga oʻrgatilmoqda.

Yangi sexda tikuvchilikka qiziqqan xotin-qizlarga kasb sir-asrorlari oʻrgatilishi bilan bir qatorda mijozlar uchun ham xizmat koʻrsatiladi. Yangi sexda 20 nafar xotin-qiz ish bilan taʼminlandi.

Roʻzimboy HASAN,

“Yangi Oʻzbekiston” muxbiri