Shaxsan davlat rahbarining jamiyatda ayollarning o‘rnini ko‘tarish, siyosiy maydonda gender tenglik masalasini davlat boshqaruvching ustuvor masalasi sifatida e’tibor qaratilganligi bugun ayolning ilm-fan, jamiyat hayotida hizmatlari katta ekanligini bildiradi. Davlatimiz rahbarining 2021-yil 5-martdagi “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5020-sonli qarori mamlakatimizning iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida xotin-qizlarning faolligini oshirish, ularning ta’lim va kasbiy ko‘nikmalar olishi hamda bandligini ta’minlashga har tomonlama ko‘maklashishga xizmat qiladi. Muhtaram Prezidentimiz Sh. M. Mirziyoyev o‘z nutqlarida Yurtimizda xotin-qizlarning sifatli ta’lim va tarbiya olishiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mutafakkir jadid bobomiz Abdurauf Fitrat ta’biri bilan aytganda, “Onalar – butun bashariyatning tarbiyachilaridir. Darhaqiqat, oilada bir nafar qiz o‘qib, oliy ma’lumotga, zamonaviy kasb-hunarga ega bo‘lsa, xonadondagi muhit butunlay o‘zgaradi. Biz shu maqsadda xotin-qizlar ta’limini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha muhim dasturni qabul qildik”, - deb ta’kidlaydilar. Bu borada, 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Xotin-qizlar ta’limini qo‘llab-quvvatlash milliy dasturi qabul qilindi. Ma’lumki, bugungi kunda opa-singillarimiz orasida o‘nlab akademik va professorlar, fan doktorlari va fan nomzodlari, yuzlab iste’dodli tadqiqotchilar bor. Ilm-fan bilan shug‘ullanish, ilmiy yangilik yaratish – bu igna bilan quduq qazishga barobar.

Barqaror rivojlanish maqsadlari asosida “O‘zbekiston-2030” startegiyasida ham ta’limni isloh etishga qaratilgan 12 banddan iborat vazifalarning ham asosida yosh avlodga sifatli ta’lim beradigan pedagoglarning maqomi va faoliyatiga doir imkoniyat va vazifalar qo‘yilgan. Bu esa pedagoglar tayyorlaydigan Oliy o‘quv yurtlarning zimmasiga katta ma’suliyatni yuklaydi. Buborada biz faoliyat olib borayotgan Guliston davlat pedagogika institutida ham bevosita ta’limda ishtirok etayotgan xotin-qizlar ulushining ko‘pligi yana bir bor millat tarbiyasida olimalar o‘rni kattaligi bildiradi. Xususan talaba qizlar, 2687 nafari, institutda faoliyat olib boradigan professor-o‘qituvchilardan ayollar 42 nafarni tashkil etadi. Shundan 12 nafari ilmiy darajali olimalar talabalarga ta’lim-tarbiya berib kelish bilan birga, yosh tadqiqotchilarga ilm-fan sohasida dolzarb bo‘lgan pedagogik muammolar ustida ilmiy rahbar ustozlik qilib kelmoqda. Xususan, pedagogika kafedrasida faoliyat olib borayotgan pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent Yorqinoy Nurunbekova olima sifatida nafaqat viloyatimizda, resbublikada ham ilmiy-salohiyatli omma orasida o‘z mavqeyiga ega. Olima tomonidan ta’lim berish jarayonida ilg‘or pedagogik texnologiyalarni qo‘llash asosida bo‘lajak o‘qituvchilarga bilim berib kelmoqdalar. Shuningek, pedagogoikaga oid darslik va o‘quv qo‘llanmalar 60 dan orrtiq ilmiy maqolalar muallifidir.
Bo‘lajak o‘qituvchilarning ma’naviy-axloqiy tayyorlash tizimini takomillashtirish mavzusida ilmiy tadqiqot ishini muvofaqiyatli himoya qildi. Xozirda ilmiy rahbar sifatida yosh tadqiqotchilarga ustozlik qiladi.
Institutning “Pedagogika” kafedrasi dotsenti Y. A. Nurunbekova, respublikamizning pedagogik oliy ta’lim muassasalari vakillaridan tashkil topgan delegatsiya a’zosi sifatida 2024-yil 14-19-may kunlari Kazan shahrida bo‘lib o‘tadigan “Rossiya – Islom olami: KazanForum” XV Xalqaro iqtisodiy forumida hamda Kazan federal universitetida ilmiy safar doirasida o‘z ilmiy tajribalari bilan ishtirok etdi.
“Pedagogika” kafedrasi dotsenti Elmuratova Dilrabo Muhammatovna Turkiyaning Balikesir universitetiga ilmiy tashrifida, Turkiya taʼlim tizimi bilan yaqindan tanishishga qaratilgan bo‘lib, o‘quv dasturi doirasida o‘tkazildi va natijada oliy ta’limlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.
Shuningdek, Guliston davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari, “O‘zbek tili va tillarni o‘qitish” kafedrasi dotsenti Jabbarova Dilbar Darmanovna va “Pedagogika” kafedrasi dotsenti Isayeva Guli Parpiyevnalar Qozog‘istonning QS dunyo universitetlari xalqaro reytingida 250-o‘rindan joy olgan Al-Farobiy nomidagi Qozoq Milliy Universitetida ilmiy tashrifi buyurishdi. Olimlarimiz Almati shahrida Al-Farobiy nomidagi Qozoq Milliy universitetining 90 yilligi munosabati bilan xalqaro tashkilotlar, yetakchi ilmiy markazlar va mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda 2024-yil 4-12-aprel kunlari o‘tkazilgan III Xalqaro Farobiy Forumida ishtirok etishdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2024/2025-oʻquv yilidan boshlab “Hayot maktabi” dasturi doirasida pedagogik sinflar tashkil etish boʻyicha topshirig‘i asosida, pedagogika sohasidagi oliy ta’lim muassasalarining bir qator professor-o‘qituvchilari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tashabbusi bilan 2024-yil 4-11-may kunlari M.Tank nomidagi Belarus davlat pedagogika universitetida ilmiy safarda bo‘lishdi, shunindek, Guliston davlat pedagogika instituti Pedagogika kafedrasi katta o‘qituvchisi (PhD) Misirova Nodira Tovbayevna pedagogik sinflar tashkil qilish bo‘yicha Belarus tajribasini o‘rganib qaytdi.
Institutimizda, xotin-qizlarga yaratilgan keng imkoniyatlardan foydalangan holda talaba qizlarni ilim fanga yo‘naltirish ularda ilmiy taqqiqotchilik, rotsionalizatorlik g‘oyalarini qo‘llab - quvvatlash maqsadidaIlmiy.tadqiqotlar, innovatsiyalar va pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi tomonidan har oyning uchunchi haftasida “Talabalikdan tadqiqotchilikga”, “Mening ilmiy loyiham”, “Bilganiumni o‘rgataman” va “Lider qizlar” loyihalarida talaba qizlar hamda tadqiqotchilarga nazariy-amaliy ko‘nikmalar berib boriladi.
D. Yu. Samatova,
GulDPI Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i
O. I. Saxobidinova,
GulDPI Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi muhandisi









