Shunday sinovlardan biri sifatida Toshkent tibbiyot akademiyasi nevrologiya va tibbiy psixologiya kafedrasida “Nevrologiya” fani boʻyicha xalqaro olimpiada oʻtkazilmoqda.
Olimpiadada Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent davlat pediatriya tibbiyot instituti, Samarqand davlat tibbiyot universiteti, akademiyaning Urganch, Termiz filiallari, Toshkent davlat stomatologiya instituti, Fargʻona jamoat salomatligi instituti, Andijon va Buxoro davlat tibbiyot institutlari talabalari bilim va koʻnikmasinini sinovdan oʻtkazmoqda.
Bellashuvda yurtimizdagi tibbiyot oliy taʼlim muassasalari bilan birga chet el OTMlari ham ishtirok etmoqda. Jumladan, Boshqirdiston davlat tibbiyot universiteti, Janubiy Ural davlat tibbiyot universiteti, Rostov davlat tibbiyot universiteti, Saratov davlat tibbiyot instituti, Dogʻiston davlat tibbiyot universitetidan vakillar qatnashmoqda.