Kasbiy (ijodiy) imtihonlar 5–19-iyul kunlari oʻtkaziladi

    2024/2025-oʻquv yili qabulida kasbiy (ijodiy) imtihoni mavjud bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar uchun imtihonlar respublika boʻyicha 2024-yil 5–19-iyul kunlari 53 ta oliy taʼlim muassasasida oʻtkazilishi belgilandi.

    Kasbiy (ijodiy) imtihonning aniq sanasi, vaqti va manzili har bir abituriyentning my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga yuborildi.

    Yuqoridagilarni inobatga olib, abituriyentlardan:

    — oʻzlarining shaxsiy kabinetlari orqali kasbiy (ijodiy) imtihonlarda ishtirok etish ruxsatnomasini yuklab olishlari;

    — ruxsatnomada belgilangan muddat va manzilga imtihon boshlanishidan bir soat oldin yetib borishlari soʻraladi.