Kasbiy taʼlim agentligi tashkil qilinadi

    Mutasaddilar zimmasiga viloyat va tuman hokimlari bilan birgalikda Prezident va ixtisoslashgan maktabda orttirilgan tajriba asosida joriy yilda 598 ta texnikumga xalqaro standart boʻyicha zamonaviy kasbga oʻqitish muhitini olib kirish vazifasi qoʻyildi.

    «Bizda 450 ming oʻquvchini qabul qila oladigan 598 ta texnikum bor. Bu yoshlar uchun juda katta resurs, sharoit va imkoniyat.
    Lekin bu yil 9-sinfni 608 ming oʻquvchi bitirgan boʻlsa, ularni atigi 182 ming nafari texnikumlarga boryapti. Bugundan boshlab bir yil yoshlarni kasb-hunarga oʻrgatish yili boʻladi», – dedi Prezident.

    Mutasaddilar zimmasiga viloyat va tuman hokimlari bilan birgalikda Prezident va ixtisoslashgan maktabda orttirilgan tajriba asosida joriy yilda 598 ta texnikumga xalqaro standart boʻyicha zamonaviy kasbga oʻqitish muhitini olib kirish vazifasi qoʻyildi.

    Umuman, viloyat va tuman hokimlariga kelgusi oʻquv yilida 9-sinf bitiruvchilarining kamida 50 foizini, hozirgiga qoʻshimcha yana 200 ming oʻquvchini texnikumga qamrab olish topshirildi.

    Bu ishlarni yagona siyosat asosida olib borish uchun Kasbiy taʼlim agentligi tashkil qilinadi.