Ikki kishi bedarak yo'qolgan, deyiladi Rossiya Tergov qo'mitasining transport bo'yicha G'arbiy mintaqalararo tergov boshqarmasining Telegram-sahifasida.
“Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, Kaspiy dengizida qirg'oq chizig'idan taxminan 7 kilometr uzoqlikda harakatlanayotganda, ob-havoning yomonlashuvi tufayli to'lqin ko'tarilgan va kema ag'darilib ketgan va bortdagi barcha odamlar suvda qolib ketgan. Sovuq suvda 3 soatdan ortiq vaqt davomida qolib ketgan ikki erkak bedarak yo'qolgan”, deyiladi xabarda.
Bir kishi qirg'oqqa yetkazilgan va kasalxonaga yotqizilgan. Yo'qolganlarni qidirish davom etmoqda. Tergovchilar hodisaning barcha holatlarini aniqlash uchun tekshiruv harakatlarini olib bormoqda, deb xabar beradi tass.ru.