Bu haqda “Globus” ekologik va huquqiy tashabbus markazi ijrochi direktori Facebookda ma'lum qildi.
“Koinot monitoringi ma'lumotlariga ko'ra, 30-mart kuni Kaspiy dengizidagi “Qashag'an” koni hududida neft to'kilishi aniqlangan. Ushbu koinot monitoringini o'tkazuvchi guruh ma'lumotlariga ko'ra, “Yevropa sun'iy yo'ldoshi Sentinel-1Aning 30.04 (02:43 UTC) da olgan radiolokatsiya surati neft to'kilishi bilan bog'liq holat Qozog'iston koni va Qashag'an neft qazib olish maydonchasi yaqinida yuz berganini ko'rsatdi”, dedi u.
Ekolog ishlab chiqarish jarayonida tasodifiy yoki favqulodda neft sizib chiqishi yoki xizmat ko'rsatuvchi kemalar bilan favqulodda yuzaga kelgan vaziyat neft to'kilishiga sabab bo'lgan bo'lishi mumkinligini aytdi.
Qozog'iston energetika vazirligi matbuot xizmati yaqin vaqt ichida ushbu mavzu bo'yicha xabar berilishini ma'lum qildi.
Qozog'istondagi Qashag'an konida neft qazib olish loyihasi operatori NCOC (North Caspian Operating Company) hisoblanadi. Qashag'an so'nggi o'n yilliklarda ochilgan eng yirik neft konlaridan biri hisoblanadi. Uning qazib olinadigan zaxiralari, ekspertlarning fikriga ko'ra, 9 dan 13 milliard barrelgacha yetadi. Qashag'anda tijorat asosida neft ishlab chiqarish 2016-yilning kuzida boshlangan, deb xabar beradi report.az.