Katmanduda samolyot halokatga uchradi

    Katmandu aeroportida halokatga uchragan Nepalning Saurya Airlines aviakompaniyasi samolyoti bortida aviakompaniyaning texnik xodimlari bo'lgan, deb xabar bermoqda Himalayan Times.

    “Samolyotda yo'lovchilar yo'q edi, biroq bir necha nafar texnik xodimlar bor edi”, dedi aeroport matbuot xizmati vakili Gyanendra Bxul.

    Avvalroq Kathmandu Post nashri Nepalning Saurya Airlines aviakompaniyasi samolyoti Katmandudagi Tribxuvan xalqaro aeroportida havoga ko'tarilish vaqtida halokatga uchragani haqida xabar bergan edi. Halokat mamlakatning aholisi bo'yicha ikkinchi shahri va Nepalning sayyohlik poytaxti hisoblangan Pokxaraga parvoz paytida yuz berdi.

    Voqea joyida politsiya va o't o'chiruvchilar qutqaruv ishlarini olib bormoqda. Bortdagilarning ahvoli haqida hozircha ma'lumot berilmadi.

    Katmanduda joylashgan Saurya Airlines Nepalning beshta yo'nalishi bo'ylab parvozlarni amalga oshiradi, deb xabar beradi ria.ru.