Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, shu yilning 25-avgust kuni soat 15:40 da Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Boʻstonliq tumani “Chimyon” mahalla hududidagi “Katta Chimyon” togʻiga uch nafar fuqaro sayr qilish maqsadida borib, yoʻldan adashib qolganligi haqida xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan, Chimyon yongʻin-qutqaruv otryadidan bir guruh qutqaruvchilar aytilgan manzilga yetib borgan va “Katta Chimyon” togʻida adashib qolgan fuqarolarga amaliy yordam koʻrsatilgan.