«Deutsche Welle»da qayd etilishicha, Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson bayonotida keyingi taxminan ikki yilda davlat rahbarlari ilk marta yuzma-yuz muloqot qilishini eslatgan.

 Mazkur sammit Angliya janubi-gʻarbidagi Kornuolle hududidagi Karbis Bey shaharchasida oʻtkazilishi koʻzda tutilmoqda.

Bu vaqtga kelib AQSH prezidentligiga kirishganiga yarim yil boʻluvchi Jo Bayden sammitda ilk marta qatnashsa, Germaniya kansleri Merkelning bunday forumdagi oxirgi ishtiroki boʻladi.

Maʼlumot uchun, “Katta yettilik” (G7) xalqaro klub maqomiga ega boʻlib, AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Kanada, Germaniya va Yaponiyani oʻz ichiga oladi.