Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati maʼlumot berdi.
Shu yilning 26-iyun kuni Denov tumanida ikki aka-uka xizmatga jalb etilgan YPX xodimining qonuniy talabini bajarmay, qasddan huquqbuzarlik sodir etgan.
Shuningdek aka-ukalardan biri GAI xodimiga "Qo‘lingdan kelganini qil" deya baqirgan. Shundan so'ng shu kunni huquqbuzarlar IIBga olib kelingan va ularning harakatiga nisbatan toʻplangan hujjatlar sudga taqdim etildi.
Holat yuzasidan sud qarori bilan aka-uka Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 183-(mayda bezorilik), 194-(ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik), 135-moddalarida (yoʻl harakati qoidalarida nazarda tutilgan hujjatlari boʻlmagan shaxslarning transport vositalarini boshqarishi) koʻrsatilgan huquqbuzarliklarni sodir etganlikda aybli deb topilib, ularga nisbatan 10 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.