Soʻngra DXX tegishli tashkilotlar bilan hamkorligida fuqaro F.M. va uning jinoiy aloqalarini qoʻlga olish boʻyicha tezkor tadbir oʻtkazildi.
Xolislar ishtirokida uning yashash xonadonidan 3000 dona ozish uchun moʻljallangan, tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddalar mavjud boʻlgan dori vositalari hamda tegishli hujjatlari boʻlmagan 1,1 mlrd soʻmlik TMB olindi.
F.M. bilan oʻtkazilgan dastlabki soʻrovda, 1986-yil Namangan viloyatida tugʻilgan mahalladoshi fuqaro D.X.ning yashash xonadonida ham katta miqdordagi psixotrop moddalar borligi haqida koʻrsatma olindi.
Shundan soʻng, tezkor tadbir davom ettirilib, fuqaro D.X.ning yashash xonadoni ham koʻzdan kechirildi.
Natijada, 17060 dona psixotrop va kuchli taʼsir qiluvchi dori-vositalari hamda 400 mln soʻmlik 2973 dona tegishli sifat sertifikatiga ega boʻlmagan dori-darmonlar borligi aniqlandi.
Hozirda har ikki fuqaroning mazkur psixotrop moddalar va boshqa TMBlarni kimdan olganligi, bunga aloqador boʻlgan shaxslarni aniqlash hamda jinoyat mexanizmini toʻliq ochish yuzasidan hamkorlikdagi tadbirlar olib borilmoqda.








