Kattaligi ikkita futbol maydoniga teng asteroid Yer tomon uchmoqda

    Bir necha hafta ichida astronomlar Yerdan xavfsiz masofada uchib o'tadigan 2024 ON asteroidini yaqindan ko'rishlari mumkin bo'ladi.

    Bu haqda 2-sentabr kuni New York Post nashri xabar berdi.

    “Yeni kamida 220 metr, ikki futbol maydoni uzunligiga teng bo'lgan asteroid Shimoliy yarim shardan ko'rinib turadi”, deb yozadi nashr.

    Uning Yerga yaqinlashishi astronomlar uchun tashvish tug'dirmaydi, chunki u Yerdan bir million kilometrga yaqin masofada uchib o'tadi, bu Yer va Oy orasidagi masofadan taxminan 2,6 barobar ko'pdir, deb xabar beradi korrespondent.net.

    “2024 ON bilan yaqinlashuv o'rtacha har o'n yilda bir marta sodir bo'ladi, uning harakatlanishini 15-sentabrda kuzatish mumkin”, deb ta'kidlaydi jurnalistlar.