Kompaniyaning maʼlumot berishicha, Mony Mint deb nomlangan smartfon foydalanish noqulay boʻlgan vaziyatlarda eng qimmat telefonlar oʻrnini bosish uchun moʻljallangan. Masalan, katta telefonni koʻchadagi mashgʻulotlar vaqtida koʻtarib yurish koʻplab noqulayliklarni yuzaga keltiradi. Buni olib yurish esa ancha qulay.
Mony Mint smartfoni 3 dyuymli sensor displey bilan jihozlangan. Oʻziga xos dizaynga ega smartfonning oʻlchamlari deyarli plastik kartasi bilan teng. Telefonda USB-C portidan tashqari, oʻchirib-yoqish hamda ovozni boshqarish tugmalari mavjud.
Mony Mint 3 gigabayt tezkor va 64 gigabayt ichki xotira bilan taʼminlangan. Hatto SD-karta slotidan ham foydalanish mumkin. Ikkita SIM-kartaga ega smartfon koʻplab mashhur mobil dasturlar oʻrnatilgan holda yetkazib beriladi. Qurilma Android 9 operatsion tizimi yordamida boshqariladi.
Smartfonning akkumulyator sigʻimi 1250 mA/soatga teng boʻlib, u qurilmaning bir marta quvvatlanish orqali uch kungacha ishlashini taʼminlaydi.
Mony Mint narxi 150 dollarni tashkil etadi. Noyabrdan sotuvga chiqarilishi kutilmoqda.