Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda Kattaqoʻrgʻon tumanidagi “M.A.” fermer xoʻjaligi rahbari G.R. tijorat maqsadida suv nasoslarini elektr tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan toʻgʻridan-toʻgʻri ulab, 2,1 mlrd soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.