Ana shunday tadbirlarning navbatdagi manzili Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon tumanidagi “Shoʻrak” hamda “Yangiqoʻrgʻoncha” mahallalari boʻldi.
Kattaqoʻrgʻon tumani Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan fuqarolarning davlat xizmatlari bilan bogʻliq muammolari, mavjud masalalari oʻrganildi hamda talab va ehtiyojga qarab shu joyning oʻzida sayyor tartibda davlat xizmatlari koʻrsatildi.
Jumladan, 12 nafar fuqaro kadastr pasportini shakllantirish, 26 nafar fuqaro farzandini bogʻchaga joylashtirish, 8 nafar fuqaro koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, 6 nafar fuqaro pensiya miqdori hamda shu singari boshqa xizmatlardan oʻz qishlogʻidan chiqmagan holda foydalandi.
— Davlat xizmatchilarining bu tarzda qishlogʻimizga kelib xizmat koʻrsatishi men kabi onalarga juda katta yordam boʻldi, — deydi M.Isaqova. — Roʻzgʻor ishlaridan ortib, 2016-yilda tugʻilgan oʻgʻlimni bogʻchaga joylashtirish borasida tuman markazidagi Davlat xizmatlari markaziga borishga hech vaqt topolmayotgandim. Ularning oʻzlari kelishdi, men kabi koʻplab qishloqdoshlarim shundan foydalanib, muammolarimizni hal qilib oldik.
Bundan tashqari, 58 nafar ushbu mahallalarda yashovchi aholiga Davlat xizmatlari va FHDYO sohasiga oid masalalar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berilib, targʻibot-tashviqot ishlari olib borildi.
Joylarda ushbu yoʻnalishdagi sayyor tadbirlar davom etyapti.
DXA Samarqand viloyat boshqarmasi matbuot xizmati.