Kecha yurtimizning 12 ta hududida 235 nafarga yaqin kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi

    Salomatlik 29 Noyabr 2021 686

    Kecha yurtimizning 12 ta hududida 235 nafarga yaqin kishida koronavirus infeksiyasi aniqlanib, jami kasallanganlar soni 193 ming nafardan oshdi.

    2021-yil 28-noyabr holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 193065 (+234) nafarni tashkil etmoqda.

    Yangi kasallanish holatlarining:

    2 nafari Qoraqalpogʻiston Respublikasida,
    14 nafari Andijon viloyatida,
    11 nafari Buxoro viloyatida,
    7 nafari Jizzax viloyatida,
    1 nafari Navoiy viloyatida,
    6 nafari Namangan viloyatida,
    21 nafari Samarqand viloyatida,
    4 nafari Sirdaryo viloyatida,
    15 nafari Fargʻona viloyatida,
    11 nafari Xorazm viloyatida,
    87 nafari Toshkent viloyatida,
    55 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

    Kecha kun davomida:

    Qoraqalpogʻiston Respublikasida 1 nafar,

    Andijon viloyatida 11 nafar,

    Buxoro viloyatida 9 nafar,

    Qashqadaryo viloyatida 4 nafar,

    Namangan viloyatida 7 nafar,

    Samarqand viloyatida 28 nafar,

    Sirdaryo viloyatida 1 nafar,

    Fargʻona viloyatida 12 nafar,

    Xorazm viloyatida 13 nafar,

    Toshkent viloyatida 86 nafar,

    Toshkent shahrida 44 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sogʻayganlar jami 189664 (+216) nafarga yetdi va sogʻayish koʻrsatkichi 98 foizni tashkil etmoqda.

    Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1399 nafarni tashkil qildi, deya xabar beradi Sogʻliqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati.

    Shu kunlarda butun dunyoda koronavirus infeksiyasi qayta bosh koʻtardi. Ayniqsa, Yevropa mamlakatlarida vaziyat anchagina tahlikali. Yurtimizda esa soʻnggi vaqtlarda epidemik vaziyat ijobiy tomonga oʻzgarayotgan boʻlsada, bu holat hotirjamlikka berilish uchun sira asos boʻla olmaydi.

    Aksincha, dunyodagi murakkab pandemik holatdan toʻgʻri xulosa chiqargan holda har birimiz karantin qoidalariga qatʼiy rioya qilishimiz, kasallikka qarshi toʻliq emlanishimiz zarur. Unutmang, vaksina – yagona chora!