Quyida har uchala oʻyinning eng yaxshilari, “man of the match” sovrini egalari bilan tashishingiz mumkin:

Angliya – Eron 6:2

Uchrashuvda dublga erishgan Bukayo Saka “man of the match” sovrinini qoʻlga kiritdi. U 43-daqiqada Xarri Maguarning uzatmasini golga aylantirdi va 62-daqiqada Rahim Sterlingning pasidan unumli foydalandi.

Senegal – Niderlandiya 0:2

Bahsda hisobni ochgan Kodi Gakpo oʻyinning eng yaxshi futbolchisi nomiga loyiq koʻrildi. U 84-daqiqada raqib darvozasini ishgʻol etdi.

AQSH – Uels 1:1

Garet Beyl 82-daqiqada penaltidan unumli foydalandi va jamoadoshlarini magʻlubiyatdan qutqardi. Oʻyindagi faol harakatlari uchun vinger “man of the match” sovriniga loyiq koʻrildi.

Eslatib oʻtamiz, bugun – 22-noyabr kuni Qatardagi mundialning 1-tur bahslari davom etadi. Kun davomida “S” va “D” guruhidagi jamoalar oʻrtasida 4 ta bahs boʻlib oʻtadi. Jumladan, Toshkent vaqti bilan soat 15:00 da Argentina – S.Arabistoni uchrashuvi start oladi. Kechki dasturlarni soat 18:00 da Daniya – Tunis qarama-qarshiligi boshlab beradi.

Soat 21:00 da Meksika – Polsha bahsiga start berilsa, Fransiya – Avstraliya oʻrtasidagi bahs 23:59 da boshlanadi.