Joqargʻi Kenges matbuot xizmati xabar berishicha, rais Murat Kamalov ishtirok etgan sessiyada tashkiliy masala koʻrilib, Davletbay Utemuratov Kegeyli tumani hokimi lavozimiga tayinlangan.
U bu lavozimda 2016-yil oktyabridan buyon ishlab kelgan Muratbay Abdirov oʻrnida ish boshladi.
Maʼlumot uchun, Davletbay Utemuratov 2010-2019-yillarda Qoraqalpogʻistonning Qoraoʻzak tumani hokimi lavozimida ishlagan (u Qoraqalpogʻiston tarixida eng uzoq vaqt davomida bitta tumanga rahbar boʻlgan hokim hisoblanadi), 2019-yil mayida u ishdan olinib, uning oʻrnini Roman Jumaboyev egallagandi.