Keksalar haftaligi tadbirlari hamda 5 000 qadam marafoni oʻtkazildi

    Mamlakatimizda 5 Oktabr 2021 2133

    Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 1990-yil 14-dekabrdagi A/RES/45/106-con rezolyutsiyasi bilan “1-oktyabr-Xalqaro keksalar kuni” deb eʼlon qilingan.

    Ushbu kunni keng nishonlash maqsadida oktyabr oyining birinchi haftasi mamlakatimizda “Keksalar haftaligi” etib belgilandi.

    Mazkur tadbir doirasida Gʻozgʻon shahrida bir qator tadbirlar, xususan, bugun 5 000 qadam marafoni tashkil etildi. Marafonda Gʻozgʻon shahrida istiqomat qilib kelayotgan 9 yoshdan 90 yoshgacha boʻlgan aholi qatlami ishtirok etdi, deb xabar beradi Navoiy viloyat hokimligi matbuot xizmati Gʻozgʻon shahar hokimligi maʼlumotiga tayanib.