Bu haqda Transport vazirligi maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, “Uzbekistan Airways” 60 yoshdan oshgan erkaklar va 55 yoshdan oshgan ayollar uchun barcha iqtisodiy klass chiptalariga 15 foizgacha chegirma taqdim etadi. Taklif aviakompaniyaning 2025-yil 1-noyabrdan 30-noyabrgacha boʻlgan ichki parvozlarida amal qiladi.
Shuningdek, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” ushbu toifadagi fuqarolar uchun barcha ichki yoʻnalishlardagi poyezdlarga (“Afrosiyob” tezyurar elektropoyezdlaridan tashqari) yoʻl haqining tarif qismidan 20 foiz chegirma eʼlon qildi. Imtiyoz har yili 2-8-oktyabr va 1-30-noyabr kunlari amal qiladi.
"Ushbu choralar ichki turizmni rivojlantirish, butun respublika boʻylab qulay sayohat qilish imkoniyatlarini kengaytirish va hurmatli nuroniylarimizning turmush sifatini oshirishga qaratilgan", deyiladi xabarda.








